Rossiyada jahon internetidan uzib qo‘yilish ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Rossiyada jahon internetidan uzib qo‘yilish ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Parlamentchilar guruhi Rossiya davlat dumasiga jahon internet tarmog‘idan uzib qo‘yilganida runet uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan qonun loyihasini taqdim etdi.

Hujjatda xorij internet-serverlari o‘rnini bosadigan maxsus infratuzilma yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Xabar qilinishicha, mazkur infratuzilma mahalliy operatorlar global tarmoqqa ulana olmaganidan runetning barqaror ishlashini ta’minlaydi.

Hujjatda aytilishicha, domen nomlarining milliy tizimi yaratiladi. Qonun loyihasida shuningdek, xatarlarni aniqlash va runet ishini qayta tiklash bo‘yicha muntazam mashqlar o‘tkazilishi haqida so‘z boradi.

Avvalroq Rossiya banklari Visa va Mastercard tizimidan uzib qo‘yilishga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.