Ukrainada prezident saylovi kampaniyasi boshlandi

Ukrainada prezident saylovi kampaniyasi boshlandi
Ukrainada navbatdagi prezident saylovi kampaniyasi rasman boshlandi. Saylovlarning o‘zi 2019 yil 31 martda bo‘lib o‘tadi.

31 dekbardan 3 fevralgacha Ukraina markaziy saylov komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi. 8 fevralgacha nomzodlar ro‘yxatga olinadi, so‘ngra Ukraina prezidenti lavozimiga da’vogarlarning yakuniy ro‘yxati e’lon qilinadi.

“Reyting” sotsiologik guruhi so‘rovlariga ko‘ra, ukrainaliklar orasida “Batkivshina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko eng katta qo‘llab-quvvatlovga ega (13,3 foiz). Amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoning saylovchilar orasidagi reytingi 7,6 foizni tashkil qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.