Kim Chen Inni Rossiyada karam sho‘rva va chuchvara bilan mehmon qilishadi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyada bo‘lib turibdi. Uni Rossiyada nimalar mehmon qilishlari aniq bo‘ldi. Bu haqda Primore o‘lkasi rahbari Oleg Kojemyako Rossiya 24 telekanali efirida ma’lum qildi.
«Qabul vaqtida rus milliy taomlari tortiladi. Karam sho‘rva (borsh), chuchvara kabi rus oshxonasining o‘ziga xos taomlari bo‘ladi. Va albatta, ikra ham tortiladi. Mehmonlar o‘z oshpazlari bilan kelishgan, lekin ular bizning taomlarni tatib ko‘rishga qaror qilishdi»,- deydi Primore rahbari.
Kim Chen In ertaga, 25 aprel kuni Vladivostokda Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu Shimoliy Koreya rahbarining Putin bilan ilk uchrashuvi bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Qabul vaqtida rus milliy taomlari tortiladi. Karam sho‘rva (borsh), chuchvara kabi rus oshxonasining o‘ziga xos taomlari bo‘ladi. Va albatta, ikra ham tortiladi. Mehmonlar o‘z oshpazlari bilan kelishgan, lekin ular bizning taomlarni tatib ko‘rishga qaror qilishdi»,- deydi Primore rahbari.
Kim Chen In ertaga, 25 aprel kuni Vladivostokda Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu Shimoliy Koreya rahbarining Putin bilan ilk uchrashuvi bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













