Eron AQShning «yadroviy ultimatumi»ga javob qaytardi

Eron AQShning «yadroviy ultimatumi»ga javob qaytardi
Vashington tomonidan bosim o‘tkazilishiga qaramasdan, Tehron uranni boyitishni davom ettiradi, dedi Eron parlamenti raisi Ali Larijani.

«Yadroviy kelishuvga muvofiq, Eron og‘ir suv ishlab chiqarishi mumkin, bu kelishuvni buzmaydi»\", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ISNA agentligi.

Juma kuni AQSh davlat departamenti Busherdagi AES hududidagi qo‘shimcha qurilish va uran rudasi evaziga Erondan boyitilgan uran olib chiqib ketilishiga nisbatan sanksiyalar kiritilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari. AQSh Eron tomonidan uran boyitilishi va mavjud cheklovlardan ortiqcha og‘ir suv ishlab chiqarilishiga «toqat qilolmasligini» bildirgan.

Og‘ir suvdan ayrim turdagi yadroviy reaktorlarda neytronlarni sekinlashtiruvchi sifatida foydalaniladi. Bunday reaktorlarda tabiiy uranni boyitmasdan qurol plutoniyi ishlab chiqarish mumkin.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.