Qozog‘istonda granata sotishga uringan fuqarolar ushlandi

Qozog‘istonda granata sotishga uringan fuqarolar ushlandi
Foto: O‘zA
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) bayonot berib, Olmaota viloyatida portlovchi moslamalarni qonunga zid ravishda sotayotganlikda gumon qilingan uch fuqaroning ushlanganini ma’lum qildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, gumondorlar viloyat departamenti tomonidan 28 may kuni granata sotishga urinayotgan paytida ushlangan. Qo‘mita ma’lumotiga qaraganda, 8 ta RGD-5 sistemasidagi granata va uning moslamasi qo‘lga tushirilgan.

Xabarda boshqa tafsilotlar aytilmagan. Tergov olib borilmoqda, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.