Eng uzoq davom etgan samolyot parvozi rekordi yangilandi

Eng uzoq davom etgan samolyot parvozi rekordi yangilandi
Qantas Airlines aviakompaniyasi jahon tarixidagi eng uzoq davom etgan samolyot parvozini amalga oshirdi. Bu haqda FlightAware portali ma’lum qildi.

Boeing 787-9 layneri Nyu-Yorkdan Sidneygacha parvozni 19 soat 14 minutda amalga oshirdi. 16309 kilometr masofani bosib o‘tgan samolyot manzilga 37 daqiqa kechikish bilan yetib keldi.

Parvoz davomida yo‘lovchilar shifokorlar nazoratida bo‘ldi. Noqulaylikning oldini olish uchun yo‘lovchilarga xavotirlanishga qarshi melatonin tabletkasi va ko‘zoynak tarqatildi.

Bundan avvalgi rekord Singapore Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Airbus A350-900ULR samolyoti Singapurdan Nyu-Yorkka to‘xtamay 18 soat 50 daqiqada uchib borgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.