Coco-Colaning omadsiz ixtirochisi va uning mashhur brendi haqida...

Coco-Colaning omadsiz ixtirochisi va uning mashhur brendi haqida...
Coca-Cola logotipini yaratish tarixi 1886 yilda Nyu-York Bandargohi yaqinlarida voyaga yetgan Jon Stis Pemberton bilan uzviy bog‘liqdir. Djon Pemberton to‘liq ismi - Jon Stis Pemberton Amerikalik farmatsevt bo‘lib, u eng yaxshi ichimlik Coca-Cola asoschisi sifatida dunyoga tanilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Jonning farmatsevtika sohasida amalga oshirgan har qanday yangiligi dorixonalarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan va hech qanday foyda keltirmagan.
Coco-Colaning omadsiz ixtirochisi va uning mashhur brendi haqida...

Atlantaga sayohat qilgandan keyin, Pemberton ichimliklar bozorida o‘z omadini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Jon Pemberton yillar mobaynida son-sanoqsiz tajribalar o‘tkazishdan charchamadi. Va nihoyat, u gazlangan lazzatli ichimlik shaklidagi noyob ta’mni ixtiro qildi. Borgan sari Pemberton yaratgan ichimlik amerikaliklarning eng sevimli tanloviga aylandi. Sirop, maydalangan muz bo‘lakchalari hamda gazlangan suv - barchasi mazali ichimlikning sehrli lazzatini yanada oshirishga xizmat qilardi.
Coco-Colaning omadsiz ixtirochisi va uning mashhur brendi haqida...
Vaqt o‘tarkan, Coca-Cola ichimligi haqidagi yaxshi fikrlar va maqtovlar butun dunyo bo‘ylab tarqala boshladi. Buyuk inqilob yillarida Coca-Cola ichimligi haqida bir rivoyat tarqalgan edi, mazmuni quyidagicha: bir odam yonidagi do‘stiga qarab, \"Agarda shu qora kunlardan o‘tib olsak, seni birgalashib Coca-Cola ichishga taklif qilaman. Chunki, ayni kunlarda judayam siqilib yuribman, bir dam olishim kerak\". Insonlar orasida bu ichimlik stress yoki tushkunlikdan olib chiquvchi sifatida nom qozongan edi.
Coco-Colaning omadsiz ixtirochisi va uning mashhur brendi haqida...
Dastlab bir stakan Coca-Cola ichimligi 4 sent qilib baholangan. Pemberton vafotidan keyin Asa Griggs Sandler ismli bir yigit uning biznesini davom ettirdi. O‘z o‘rnida, Sandler eng katta e’tiborini reklamaga qaratdi. 1891 yilda u Coca-Cola kompaniyasining yagona egasiga aylandi. Garchi Pemberton bu ichimlikni yaratgan bo‘lsada, uning brendini dunyoga tanitgan Sandler hisoblanadi. Bugungi kunda siz taniydigan Coca-Cola brendi ancha yillar mobaynida rivojlantirilib, mukammallashtirilib kelingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sevara
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.