“Xorij valyutasida savdo qilish iqtisodga zarbadir!”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on payshanba kuni Kuala-Lumpurda musulmon mamlakatlar sammiti doirasida tashkil etilgan “Rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va muammolar” mavzusidagi yig‘inda ishtirok etdi.
U Suriyaning shimoli-sharqida xavfsiz hudud yaratish bo‘yicha Anqaraning chaqiriqlariga chet eldan javob bo‘lmayotganini, vaholanki, ayrim davlatlar Suriyaga qurol-yarog‘ yetkazish taklifiga darhol javob qaytarishini aytdi. Erdog‘an Suriyaning shimoli-g‘arbida vaziyat og‘irlashganiga e’tibor qaratdi.
“Ayni paytda Turkiya chegarasida Idlib deeskalatsiya zonasidan kelgan 50 ming nafar kishi to‘plangan. To‘rt million nafar qochqin allaqachon Turkiyada, yana 50 ming nafari chegarada kutmoqda”, – dedi prezident.
Turkiya rahbari iqtisodiy masalalarga to‘xtalar ekan, islomiy banklarning ahamiyatiga va milliy valyutadagi to‘lovlarning foydali jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.
“Milliy valyutada savdo qilishga o‘tish musulmon mamlakatlar uchun ustuvor yo‘nalishdir” – dedi Erdog‘an. Uning so‘zlariga ko‘ra, chet el valyutalarida savdo yuritish iqtisodiyotni tashqi zarbalardan saqlay olmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!U Suriyaning shimoli-sharqida xavfsiz hudud yaratish bo‘yicha Anqaraning chaqiriqlariga chet eldan javob bo‘lmayotganini, vaholanki, ayrim davlatlar Suriyaga qurol-yarog‘ yetkazish taklifiga darhol javob qaytarishini aytdi. Erdog‘an Suriyaning shimoli-g‘arbida vaziyat og‘irlashganiga e’tibor qaratdi.
“Ayni paytda Turkiya chegarasida Idlib deeskalatsiya zonasidan kelgan 50 ming nafar kishi to‘plangan. To‘rt million nafar qochqin allaqachon Turkiyada, yana 50 ming nafari chegarada kutmoqda”, – dedi prezident.
Turkiya rahbari iqtisodiy masalalarga to‘xtalar ekan, islomiy banklarning ahamiyatiga va milliy valyutadagi to‘lovlarning foydali jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.
“Milliy valyutada savdo qilishga o‘tish musulmon mamlakatlar uchun ustuvor yo‘nalishdir” – dedi Erdog‘an. Uning so‘zlariga ko‘ra, chet el valyutalarida savdo yuritish iqtisodiyotni tashqi zarbalardan saqlay olmaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













