Antarktidada rekord darajada yuqori harorat qayd etildi

Antarktidada rekord darajada yuqori harorat qayd etildi
Foto: iz.ru
Antarktidada yuqori haroratning yangi rekordi o‘rnatildi. Bu ko‘rsatkich Argentina milliy meteorologiya xizmatining meteorologlari tomonidan qayd etilgan. Bu yerda 6 fevral havo harorati +18,3 darajani ko‘rsatgan.

Kuzatuvlar Antarktida yarim orolining shimolida joylashgan Esperansa ilmiy-tadqiqot stansiyasida amalga oshirildi. Argentinalik mutaxassislar ushbu stantsiyada 1961 yildan beri kuzatuv ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Oldingi rekord 2015 yilda qayd etilgan bo‘lib, havo harorati +17,5 darajaga yetgan edi.
Mutaxassislar havo haroratining bundan ko‘tarilayotganiga sabab global isish bilan bog‘lashmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.