Amerikada Kurt Kobeynga tegishli gitara 6 million dollarga sotildi

Amerikada Kurt Kobeynga tegishli gitara 6 million dollarga sotildi
Foto: Twitter
Nirvana guruhining marhum sozandasi Kurt Kobeynning gitarasi AQSHdagi auksion savdolarida olti million dollarga sotildi, deb yozadi «Korrespondent.net».

«6 010 000 dollarga sotildi! Gitara uchun yangi jahon rekordi. Kurt Kobeynning MTV Unplugged’dagi chiqishida foydalanilgan gitarasi», — deyiladi auksion uyi xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, Kobeyn ushbu Martin D-18E gitarasida oxirgi marta 1993 yilning 18 noyabrida, o‘limidan besh oy avval kuy chalgan.
1994 yilda 27 yoshli Kobeyn o‘z joniga qasd qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.