Xorazmda ma’lumotnoma olib bermoqchi bo‘lgan mutaxassis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Arxitektura-rejalashtirish byurosi» DUKning Urganch shahri bo‘yicha mutaxassisi U.A. «A.G.» MCHJ rahbari J.ga «Yoshlar mehnat guzari» qurish uchun ajratilgan yer maydoni bo‘yicha shahar hokimi qarori o‘z kuchida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tanishlari yordamida olib berish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













