Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi
16 sentabr kuni Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari tor doiradagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi
Tadbirda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Xitoy raisi Si Jinping, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Shanhay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min va SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi
Samarqand sammitida imzolash uchun salmoqli hujjatlar to‘plami – 40 dan ziyod bitim va qarorlar taqdim etildi. Ularda SHHT davlatlari o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, savdo kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga doir umumiy yondashuvlari aks etgan.
Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi
O‘zbekiston prezidenti SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini, ochiqlik va keng hamkorlikka qaratilgan ruhini saqlash, murosa, teng huquqlilik va o‘zaro hurmat prinsiplariga amal qilish zarurligini alohida ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi
Shularni hisobga olib hamda SHHT doirasidagi ko‘p qirrali sheriklik samarali tajribasiga tayanib, davlat rahbari yaqin yillarda hamkorlik asosiy yo‘nalishlaridagi ustuvor vazifalarni hal etishga doir taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi
SHHT faoliyatini bugungi voqelikka moslashtirish, iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohalarida hamkorlik qilish, transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, ekologiya masalalari, madaniy-gumanitar aloqalarga to‘xtalib o‘tildi. Xavfsizlik muammolari va Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi
So‘zi yakunida prezident SHHT kelajagi va mamlakatlar rivoji ko‘p jihatdan bahamjihat va samarali ishlashga bog‘liq ekanini ta’kidladi. «Biz birgalikda mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida tashkilotni yangi marralarga olib chiqishga qodirmiz», – deya ishonch bildirdi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi
A’zo davlatlar yetakchilari o‘z chiqishlarida SHHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish dolzarb masalalariga, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik muammolariga to‘xtalib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlash zarurligini ta’kidladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.