Qo‘shmachilik qilganlik uchun jarima miqdori oshirildi


Endi Fohishaxona ochish yoki saqlash, shuningdek g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilganlik uchun 6,5 million so‘m jarima to‘lanadi.
O‘zbekiston jinoyat kodeksining yangi tahririga ko‘ra, endilikda fohishaxonalarni tashkil etganlik va uni saqlaganlik uchun to‘lanadigan jarima miqdori eng kam oylik ish haqining 50 dan 75 barobarigacha oshirildi, deb yozadi \"Darakchi\" nashri.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 131-moddasiga asosan bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













