Ota farzandlarining kelajagi uchun oldindan 45 mln. so‘m to‘ladi

Ota farzandlarining kelajagi uchun oldindan 45 mln. so‘m to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining 30.07.2019 yildagi qarzdor S.Xadjanovdan, undiruvchi G.Xodjanova foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/2 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdorning mulkiy ahvoli o‘rganilib, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Ota farzandlarining kelajagi uchun oldindan 45 mln. so‘m to‘ladi
Joriy yilning 23 sentyabr kuni qarzdor S.Xodjanov tomonidan farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan ta’minotni oldindan to‘lab qo‘yish taklifini bildirgan. Undiruvchi G.Xodjanova bu taklifni qabul qilib qarzdor bilan o‘zaro kelishgan.

Natijada, G. Xodjanova foydasiga farzandlarining ta’minoti uchun 45 mln. so‘m aliment pullari undirilishi ta’minlanib, uni arizasiga ko‘ra mazkur ijro ishining yuritilishi tamomlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.