Audiosi tarqalgan hokim barcha rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi

Audiosi tarqalgan hokim barcha rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi
Foto: Namangan hokimligi
Kecha, 3 dekabr kuni ushbu masalada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazoqov boshchiligida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Audiosi tarqalgan hokim barcha rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi
Yig‘ilishda Yangi Namangan tumani hokimi J.Abdullayevga «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilib, barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda joriy yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat boshqarmalari, tegishli tashkilotlar rahbarlarining xatti-harakatlari bo‘yicha yoritilgan masalalar ham atroflicha muhokama qilingan.

Avvalroq Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevning tadbirkor Anasxon Dedabayevni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan audiosi tarqalgandi.
Audiosi tarqalgan hokim barcha rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi
Bloger Olimjon Haydarovning ma’lum qilishicha, Namangan viloyati Namangan shahri Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev Prezident Administratsiyasiga murojaat qilgan tadbirkor Anasxon Dedabayevni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor prezidentga mahalla binosi, bolalar maydonchasi, sport maydonchasi, maishiy xizmat ko‘rsatish do‘konlari qurib berishni va’da qilgan. Ammo bunda ko‘p sarsonliklarga duchor bo‘lgan. Shikoyat qilgani uchun esa haqoratlarga uchragani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Anasxon Dedaboyev 2021 yil 19 fevral kuni Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida tasodifan Shavkat Mirziyoyev bilan yuz-yuz suhbatlashib, mahallasi uchun o‘z hisobidan MFY binosi va mini stadion qurib berishga va’da bergandi.

Prezident «bitgach rasmlari bilan menga xat yozasan», degandi. Avvalroq esa tadbirkor mahalla uchun qurayotgan bino va stadionni bitkazgani aytilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.