Polshalik poezd mashinisti ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi


Polshalik poezd mashinisti Mateush Shimanskiy butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Buning sababi esa Poznan – Vonґroves yo‘nalishi bo‘yicha poezdni olib ketayotgan Shimanskiy poezddagi yo‘lovchilarni avariyadan ogohlantira oldi va ularni xavfsiz holatni egallashga chaqirdi.
Poznan temir yo‘lida mashinist avtomobil o‘tish joyi o‘rtasida, temir yo‘l izida yuk mashinasi turganini ko‘rib, poezdni to‘xtatmaslikka qaror qildi va to‘qnashuvdan bir necha soniya oldin o‘z kabinasidan chiqib, yo‘lovchilarni polga yotish kerakligidan ogohlantira oldi.
\"Shoshilinchda men kabinadan chiqib, barchaga yotishni buyurdim. Bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarohatlarni minimallashtirishiga ishonchim komil edi\", deb vaziyatga izoh berdi mashinistning o‘zi.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













