Surxondaryo viloyatiga yangi rahbar tayinlandi

Surxondaryo viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Surxondaryo viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi.

Unga ko‘ra, shu vaqtga qadar Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘ladi.

Avvalroq To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.