Toshkentdagi uylardan birining pod’ezdiga 10 oylik bola tashlab ketildi

Toshkentdagi uylardan birining pod’ezdiga 10 oylik bola tashlab ketildi
Toshkentdagi uylardan birining pod’ezdiga 10 oylik bola tashlab ketildi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining pod’ezdida taxminan 9–10 oylik bola tashlab ketildi. Bu haqda Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida ma’lum qilindi, deyiladi \"Darakchi\" nashrida.

Xabarda aytilishicha, bolani uchastka noziri topib olgan va uni tumandagi 3-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib borgan. Bugun, 18 may kuni, yoki ertaga shifokorlar bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, mehribonlik uyiga yuboradi.

Bolani kim va nima sababdan tashlab ketgani noma’lum.

Bolani tanigan yoki uning ota-onasini bilganlardan shifoxona xodimlari bilan quyidagi raqam orqali bog‘lanish so‘raladi: +99871-2473019.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.