Sayyohlar 70 ta akula bitta kitga hamla qilganiga guvoh bo‘ldi

Sayyohlar 70 ta akula bitta kitga hamla qilganiga guvoh bo‘ldi
Sayyohlar 70 ta akula bitta kitga hamla qilganiga guvoh bo‘ldi

Avstraliya sohillarida Jeraldtondan Brumga ikki haftalik kruiz-sayohat qilayotgan sayyohlar Derk-Xartog orolidagi Akula ko‘rfazida g‘aroyib hodisaga guvoh bo‘lishdi. 70 tadan ortiq akulalar ikki soat davomida bitta kitga hamla qilib, uni eb bitirishdi. Biroq yirtqichlar ichida 15 nafar odami bo‘lgan ikkita olti metrlik qayiqlarga hech qanday e’tibor qaratishmadi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Akulalarning “taomlanishi” Eco Abrolhos kompaniyasi xodimlari tomonidan uchuvchisiz uchar moslamalar hamda suv osti kameralari yordamida video tasvirga olindi va Facebook ijtimoiy tarmog‘i sahifasiga yuklandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.