Buxoroda imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirgan bank mas’ul xodimi ushlandi

Buxoroda imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirgan bank mas’ul xodimi ushlandi
Buxoroda imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirgan bank mas’ul xodimi ushlandi
Xalq bankining Galaosiyo filialida pensiya va nafaqa tarqatish bo‘yicha buxgalter-nazoratchi lavozimida ishlagan xodim o‘zgalar nomiga olingan imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirgan aniqlandi.
 
Shofirkon tumani «Jo‘sho‘ra» mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan F.Sh. AT «Xalq banki»ning Galaosiyo filialida 2017 yildan 2022 yil oktyabr oyiga qadar pensiya va nafaqa tarqatish bo‘yicha buxgalter-nazoratchi lavozimida ishlab kelib, 2019-2022 yillar davomida fuqarolar — J.J., H.A., S.S. va N.O‘.larni aldab, ularning nomiga jami 61,7 mln. so‘mlik kredit mablag‘larini ajratilishiga erishib, kredit mablag‘larini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
 
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.