Samarqandda foizga pul berib, tovlamachilik yo‘li bilan qaytarib oladigan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda foizga pul berib, tovlamachilik yo‘li bilan qaytarib oladigan ayol qo‘lga olindi
Samarqandda foizga pul berib, tovlamachilik yo‘li bilan qaytarib oladigan ayol qo‘lga olindi
Samarqandda odamlarga foizga pul berib, tovlamachilik yo‘li bilan qaytarib oladigan ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
 
Ma’lum qilinishicha, ayol shu yo‘l bilan fuqarolarning uylari, tilla taqinchoqlari va boshqa moddiy boyliklarini o‘zlashtirib olgan. Xususan, 35 yoshli fuqaroga katta miqdorda pul qarz berib, evaziga yashab turgan uyini o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan. Qarzdor pulni qaytarib bersa-da, uyini qaytarmagan. Olgan qarzini 4 baravar ko‘paytirib, foizini ham oshirib, undan pul talab qilgan.
 
Viloyat IIB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Samarqandda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol katta miqdordagi pulni tovlamachilik yo‘li bilan olayotganida ushlangan.
 
Ayni paytda unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.