O‘zbekistonda 10-iyundan Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun qabul boshlanadi

O‘zbekistonda 10-iyundan Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun qabul boshlanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10 iyundan – 30 iyunga qadar onlayn shaklda “Ariza.piima.uz” sayti orqali amalga oshiriladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident maktablariga o‘qishga kirish uchun talabgordan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
  • ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
  • baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
  • talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) bo‘lishi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2023/2024 o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

Aprel oxirlarida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2023/2024 o‘quv yili Prezident maktablari imtihonlaridan o‘tolmaganlar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishini aytgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.