Istanbuldagi terakt oqibatida yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Istanbuldagi terakt oqibatida yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi
Istanbuldagi terakt oqibatida yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Istanbuldagi terakt oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni ikkitaga etdi, deb xabar bermoqda \"Qalampir\" nashri.

Avvalroq, 28 iyun kuni Istanbuldagi Otaturk aeroportida bo‘lgan terakt natijasida qurbon bo‘lganlar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi haqida xabar bergan edik. Unda terakt oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik Samad Muhiddinov ekanligi aytilgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, yana bir o‘zbeksitonlik aeroportdagi terakt qurboni bo‘lgan. U Namangan viloyatida tug‘ilgan 22 yoshli Abrorjon Ustaboyev ekanligi aytilmoqda. Abrorjon Ustaboyev aeroportga kelib, taksidan tushayotgan paytda portlash yuz bergan va uni hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.