Nukus pedagogika instituti prorektori ushlandi

Nukus pedagogika instituti prorektori ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «Ajiniyoz» nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti prorektori M.J. fuqaro X.N.ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.