Kredit qarzini to‘lamagan fuqaroning transport vositasi xatlandi

Kredit qarzini to‘lamagan fuqaroning transport vositasi xatlandi
Majburiy ijro byurosining Bag‘dod tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan O.S.dan undiruvchi “Hamkor bank” ATBning foydasiga 600 mln. so‘m kredit qarzini undirish belgilangan.

Qarzdor tomonidan sud qarorining ijrosi ixtiyoriy muddatda ta’minlanmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida garovga qo‘yilgan \"FAW CAR MODEL BESTUN B 70\" rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida xatlanib, jarima maydoniga olib kirilgan.

Hozirda ushbu xatlangan mulkni auksion savdolariga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.