Nazarboyev Islom Karimovni xotirlash uchun Samarqandga keldi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 12 sentyabr kuni Samarqand shahriga ishchi tashrifni amalga oshirdi. Bu haqda \"Kun\" xabar berdi.
Bu tashrif doirasida u Samarqandda bo‘lib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgan.
\"Tashrif doirasida Islom Karimovning qabriga gul qo‘yish va uning oilasi bilan uchrashish rejalashtirilgan\", deyilgan xabarda.
Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston respublikasi prezidenti lavozimini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













