O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari quyidagi suratda keltirilgan.
O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, joriy yilda bittagina o‘zgarish bor. San’at sohasida o‘tish bali oshirilgan. O‘tgan yili san’at sohasida o‘tish bali 80 ball edi, joriy yilda 93 ball etib belgilandi. Boshqa yo‘nalishlarda o‘zgarish yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.