Muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga avtorikshada etib bordi

Muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga avtorikshada etib bordi
Muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga avtorikshada etib bordi

Kelib chiqishi hind bo‘lgan avstraliyalik muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga quyosh batareyasida harakatlanuvchi avtorikshada etib bordi, deb yozmoqda \"Kun\" nashri.

Navin Rabelli 10 ming kilometrlar masofani ortda qoldirish uchun 7 oy sayohat qilgan. U, fevral oyida yo‘lga chiqib, Turkiya, Bolgariya, Serbiya, Avstriya, Shveysariya, Germaniya va Fransiyani ortda qoldirib, Birlashgan Qirollikka etib kelgan. Parij yaqinida Rabellining pasporti va hamyonini o‘g‘irlashgan bo‘lsa-da, u sayohatini davom ettira olgan.
Muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga avtorikshada etib bordi

Rabellining aytishicha, u elektr va quyosh batareyalarida yuradigan mashinalarning keng imkoniyatlariga e’tibor qaratish maqsadida shunday yo‘l tutgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.