“Xon atlas” festivali – qadriyatlarimiz ziynati

“Xon atlas” festivali – qadriyatlarimiz ziynati
‼️ Xabaringiz bor shu kunlarda yurtimizda “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda.

? Bu galgi festival Milliy tibbiyot markazida ham o‘zgacha ruhda tashkil etildi.

? Markazda o‘tkazilgan “Xon atlas” festivali doirasida 8 nafar hamshiralarning munosib ishtiroki ta’minlanib, ular nafosat, go‘zallik va zukkolik bobida o‘zaro bellashdilar.
“Xon atlas” festivali – qadriyatlarimiz ziynati
? Birinchi shart \"Men haqimda\" deb nomlandi va bunda ishtirokchilar 3 daqiqa ichida o‘zining shaxsiy hayoti, ma’lumoti, qiziqishlari, ishdagi yutuqlari, kitobxonlik salohiyati va boshqa qobiliyatlarini yoritib berdilar.
“Xon atlas” festivali – qadriyatlarimiz ziynati
? Ikkinchi shart savollarga javob berish sharti bo‘lib, bunda hamshiralarning milliy urf-odatlarimiz haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Aytish kerakki, bellashuvda hakamlar hay’ati ishtirokchilarning qobiliyati, liboslari, estetik madaniyati hamda notiqlik mahoratiga alohida e’tibor berdilar.
“Xon atlas” festivali – qadriyatlarimiz ziynati
✅ Shuningdek, tanlov doirasida xon atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi ham qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
“Xon atlas” festivali – qadriyatlarimiz ziynati
♻️ Tanlov yakunida har bir shartda o‘z iste’dodi, tashabbuskorligini namoyon etib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar taqdirlandilar.
“Xon atlas” festivali – qadriyatlarimiz ziynati
? G‘oliblarga Markaz rahbariyatining pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍️Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.