Tadbirkorning qarzini toʻlamagan tashkilot mulklaridan ayrilib qolishi mumkin edi

Tadbirkorning qarzini toʻlamagan tashkilot mulklaridan ayrilib qolishi mumkin edi
Qoʻngʻirot tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan Qoʻngʻirot tumanidagi qarzdor muassasadan “N.I. GROUP” MChJ foydasiga jami 862,4 mln. soʻm qarz undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjat Majburiy ijro byurosi Qoʻngʻirot tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushib, boʻlim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, boʻlim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli boʻlgan jami 15 ta koʻchmas mulklarga taqiq oʻrnatilgan va 4 ta “Damas” rusumli avtomashinalar tegishli tartibda xatlovga olingan.
Tadbirkorning qarzini toʻlamagan tashkilot mulklaridan ayrilib qolishi mumkin edi
Xatlangan avtomashinalarning 2 tasi jami 115,5 mln. soʻmga baholatilib, elektron onlayn-auktsion savdo maydonchasi orqali 07.12.2024 yili sotuvga chiqarilib, qolgan mulklarni ham sotuvga chiqarish ishlari olib borilgan.

Buning natijasida, qarzdor muassasa tomonidan 862,4 mln. soʻm qarzdorlik bartaraf etilib, tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan.

Shu sababdan auktsion savdolari bekor qilinib, barcha ijro harakatlari tamomlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.