Putin Trampning mas’uliyatni his qilish darajasiga oid fikrlarini bildirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni aqlli inson deb bilishini ma’lum qildi. U shuningdek, Tramp mas’uliyatning yangi darajasini tezda anglab, his qilishiga umid bildirgan, deb xabar qilmoqda Kun nashri.
«Tramp tijoratchi va tadbirkor bo‘lgan. Bugun u davlat arbobi. Bugun u dunyoning etakchi mamlakatlaridan biri, dunyoning etakchi iqtisodiyotlaridan biri, etakchi harbiy qudratli davlat bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari. U biznesda muvaffaqiyat qozona olgani uning aqlli inson ekanini bildiradi. Aqlli insonmi, demak u mas’uliyatning boshqa darajasini ham tezda anglaydi», — degan Putin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













