MIB: Gaz ta’minoti korxonasiga 100 mln. so‘m qarzdorlik undirildi

Qarzdor korxonadan “Hududgazta’minot” korxonasi foydasiga qarzdorlikni undirish to‘g‘risida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining qarori bo‘yicha ijro harakatlari Majburiy ijro byurosining Xovos tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida mazkur qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning mulklari xatlangan.
Natijada, qarzdor korxonadan 100 mln. so‘m qarzdorlik naqd pulda undirilib, “Hududgazta’minot” korxonasi hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi. Bu kabi undiruvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













