Amerikalik ayol dugonasiga lotereya o‘ynashni o‘rgatayotganida 1 mln dollar yutib oldi

Amerikalik ayol dugonasiga lotereya o‘ynashni o‘rgatayotganida 1 mln dollar yutib oldi
AQShning Frederiksberg shahri (Virjiniya shtati)da istiqomat qiluvchi ayol dugonasiga lotereya o‘ynashni o‘rgatayotganida 1 million dollar yutib oldi. Bu haqda \"WTVR\"ga tayanib \"Daryo\" nashri xabar bermoqda.

Merri Tomas ishdan keyin dugonasi Juliya bilan supermarketga kirdi. Ayol do‘konda o‘rnatilgan Virjiniya shtati lotereya avtomatidan qanday foydalanishni tushuntirmoqchi bo‘ldi. U chipta sotib oldi, avtomat yordamida uni tekshirdi va 1 million dollar yutib olganini angladi. Uning dugonasi 12 dollar yutdi.

Lotereya qoidalariga ko‘ra, yutuqni 30 yil davomida kichik qismlar bilan yoki ma’lum qismini xayriya qilib, qolgan qismini shu zahoti olish mumkin.

Merri Tomas ikkinchi variantni tanladi va 630 915 dollarni naqd ko‘rinishda oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.