Notarial qarz qaytmasa — mulk auksionga chiqadi!

Bugungi kunda qarz munosabatlari notarial tartibda rasmiylashtirilmoqda. Agar qarz o‘z vaqtida qaytarilmasa, uni undirish bo‘yicha ijro hujjati rasmiylashtiriladi.
Jumladan, notarius ijro hujjatiga asosan qarzdordan undiruvchi foydasiga 100 mln so‘m miqdoridagi muddatida to‘lanmagan qarzdorlikni undirish haqidagi ijro varaqalari Byuroning Paxtakor tumani bo‘limiga kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli avtotransport vositalari aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Kelgusida ushbu avtotransport vositalari auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘lar hisobidan mavjud qarzdorliklar qoplanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













