Qo‘ng‘irotda daʼvogar yashash uyiga kiritib qo‘yildi

Qo‘ng‘irotda daʼvogar yashash uyiga kiritib qo‘yildi

Gap shundaki, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudining ijro varaqasiga asosan daʼvogar R.R.ni otasiga tegishli bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumani “Kiyat” OFY, Meshit ko‘chasida joylashgan uyga kiritish belgilangan.

Ushbu ijro varaqa Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Jumladan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan javobgarga majburiy ko‘chirib kiritish amalga oshirilayotgani va u daʼvogarning yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi, unga to‘sqinlik qilish javobgarlik sabab bo‘lishi haqida tushuntirish va ogohlantirish berilgan.

Shuning natijasida, daʼvogar R.R. otasiga tegishli bo‘lgan uyga kiritilib, sud qarori ijrosi amalda taʼminlangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.