Toshkentda «soxta milisiya» ushlandi (Foto)

Toshkentda «soxta milisiya» ushlandi (Foto)
Toshkent shahrida turli xil jinoyatchiliklarga qarshi kurash borasida olib borilgan tadbirlar davomida odamlar ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan pul topayotgan shaxs qo‘lga olindi. Ajablanarlisi shundaki, u firibgarlik qilish chog‘ida ichki ishlar xizmati podpolkovnigi kiyimidan foydalangan, deb yozadi Kun.uz nashriga tayanib \"Sof.uz\" sayti.
Toshkentda «soxta milisiya» ushlandi (Foto)
Toshkent shahar IIBBda ma’lum qilishlaricha, asli samarqandlik bo‘lgan va muqaddam firibgarlik uchun 3 marta sudlangan shaxs odamlar ishonchiga kirib, o‘zi ijaraga olgan uylar otasining mulki ekani, zudlik bilan pul zarur bo‘lgani uchun sotayotganini aytib, bir nechta uyni sotish maqsadida xaridorlardan bir necha million so‘m va 3100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni o‘zlashtirgan.

Shahar IIBB quyidagi suratda aks etgan shaxsdan jabrlanganlar bo‘lsa, 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni yoki eng yaqin milisiya bo‘limiga murojaat qilishni so‘raydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.