Toshkent hayvonot bogʻida lemur bolasi dunyoga keldi va u diqqat markazida

Toshkent hayvonot bogʻida lemur bolasi dunyoga keldi va u diqqat markazida

Toshkent hayvonot bogʻida lemur bolasi dunyoga keldi va u allaqachon mehmonlar diqqatini tortmoqda. Maʼlum qilinishicha, lemurlarning homiladorlik davri nisbatan qisqa boʻlib, taxminan 4–5 oyni tashkil etadi.

Tugʻilgandan soʻng bola onasidan deyarli ajramaydi. U avval onasining qorniga yopishib oladi, keyin esa orqa qismiga oʻtib oladi. Bu jarayon bolaning kuchli changallovchi panjalari tufayli amalga oshadi.

Aynan shu xususiyatlar yordamida lemur bolalari yovvoyi tabiatda omon qoladi.

Endi esa bu noyob holatni hayvonot bogʻida bevosita kuzatish mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.