Shavkat Mirziyoyev ertaga Toshkent ko‘chalarini aylanadi

Shavkat Mirziyoyev ertaga Toshkent ko‘chalarini aylanadi
Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlar va muhokamalardan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga Toshkent shahrining ba’zi tumanlarini aylanishi mumkin, deb yozadi \"Qalampir.uz\" nashri.

Bir internet foydalanuvchisining yozishicha, “Prezidentimiz kelishi munosabati bilan Chilonzordagi ko‘chalar tozalanib”, chiqindilardan xoli etilmoqda. Ushbu holatni yuzerning o‘zi ijtimoiy tarmoqqa yuklagan surati bilan isbotlagan.

Norasmiy manbalarning xabar berishicha, kecha, 10 aprel kuni Chilonzor tuman hokimligi va bir qator tegishli tashkilotlar mutasaddilari hududni tekshirib, birma-bir ko‘zdan kechirib chiqqan. Aytishlaricha, hatto vertolyotdan ham “reyd” uyushtirilgan.

Shuningdek, ertaga, 12 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini aylanishi rejalashtirilgani haqidagi gap-so‘zlar ham yuribdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.