Qo‘qonda voyaga yetmagan haydovchi uch qizni urib yubordi

Qo‘qonda voyaga yetmagan haydovchi uch qizni urib yubordi

Qo‘qon shahrida voyaga yetmagan haydovchi ishtirokida fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa 20 may kuni soat 16:00 larda A. Temur ko‘chasida yuz bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Z.A. boshqaruvidagi “Malibu 2” piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan uch nafar qizni urib yuborgan.

YTH oqibatida voyaga yetmagan M.K. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Z.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.