Kelinini o‘ldirish uchun killer yollamoqchi bo‘lgan qaynota hibsga olindi

Kelinini o‘ldirish uchun killer yollamoqchi bo‘lgan qaynota hibsga olindi
MXX vakilining aytishicha, 65 yoshli Umarqul Qodirov kelini Abdullaevaning (tergov manfaatlari yuzasidan ism-shariflar o‘zgartirilgan) o‘limi uchun 2 ming dollar to‘lashini bildirib qotil izlagan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiboriga tushadi.
«U o‘g‘lining Abdullaeva bilan ajrashish jarayonida kelinining umumiy mulkka da’vo qilishidan norozi bo‘lgan. Maxsus operasiya chog‘ida Qodirov go‘yoki kelinining o‘limini tasdiqlovchi fotosuratni ko‘rganidan so‘ng 2 ming dollarni yollanma qotil sifatida ish olib borgan operativ xodimga berayotganida qo‘lga olindi», — deb ma’lum qildi MXX xodimi.
Hozirda Umarqul Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25- («Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish») va 97- («Qasddan odam o‘ldirish») moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.