Dahshat! Qozog‘istonlik ota deyishga noloyiq erkak o‘z qizining nomusini 2 yil davomida poymol etib keldi…

Dahshat! Qozog‘istonlik ota deyishga noloyiq erkak o‘z qizining nomusini 2 yil davomida poymol etib keldi…
Bu jirkanch bashara egasi Qozog‘istonning Kustanay viloyatida yashaydi. 1979 yilda tug‘ilgan bu «K..» (tergov manfaatlari ko‘zda tutilgan holda jinoyatchining ismi-sharifi sir tutilgan) ismli hezalak 2001 yili tug‘ilgan, hali go‘dak qizini 2 yilgacha zo‘rlab kelgan. Yaqinda uning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud jarayoni ham boshlab yuborildi.

Tergov materiallarida aytilishicha, qiz sho‘rlik hech kimga dardini ayta olmagan. Vahshiy ota bunga yo‘l qo‘ymagan. Agar churq etsa, so‘yib tashlash bilan qo‘rqitgan.

Sud uni Qozog‘iston jinoyat majmuasining 120 modda, 4 bandi bilan aybdor deb topib, bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etdi. Jinoyatchi jazoni intizom kuchaytirilgan koloniyada o‘tashi alohida belgilab o‘tildi.

Manba: hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.