Abdulla Aripov Toshkentdagi Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi (Foto)

Abdulla Aripov Toshkentdagi Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi (Foto)
Kecha, 12 iyun kuni Rossiya Federasiyasi o‘z milliy bayrami – Rossiya kunini nishonladi. Ushbu bayram Toshkent shahridagi Rossiya Federasiyasi elchixonasida ham tantana qilindi.

Mazkur bayramga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tashrif buyurdi. Bu haqda elchixona Axborot xizmati xabar berdi.
Abdulla Aripov Toshkentdagi Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi (Foto)

Shuningdek, bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus va OAV vakillari ham ishtirok etdi.
Abdulla Aripov Toshkentdagi Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi (Foto)

Rossiya Federasiyasining Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Rossiya uchun Markaziy Osiyodagi eng kerakli hamkorlardan biri ekanini ta’kidladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.