32 yildan beri qidiruvda bo‘lgan narkobaron qo‘lga olindi

32 yildan beri qidiruvda bo‘lgan narkobaron qo‘lga olindi
Braziliya polisiyasi Oq kalla laqabli narkobaron Luis Karlos da Roshni qo‘lga oldi. Bu haqida Kun.uz nashri Braziliya polisiyasi ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.
32 yildan beri qidiruvda bo‘lgan narkobaron qo‘lga olindi
Luis Karlos da Rosh shanba kuni ertalab polisiyaning «Spektr» operasiyasi natijasida qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari ikki haftadan ziyod uyni kuzatib, narkobaronning paydo bo‘lishini poylab, ikki haftani pistirmada o‘tkazishgan.

Qo‘lga olish chog‘ida uning yonidan qurol, 2 million dollar pul va boshqa shaxs nomiga hujjatlar topilgan.

Luis Karlos da Rosh Lotin Amerikasining eng uzoq qidirilayotgan narkobaronlaridan biri hisoblangan. U 32 yil davomida polisiyadan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Buning uchun u hatto plastik operasiya ham qildirgan.

U Peru, Meksika va Kolumbiyadan samolyot orqali Braziliyaga yo‘llagan hamda mamlakatdagi ikki eng yirik guruhni ular bilan ta’minlagan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Oq kallaning moliyaviy ahvoli 100 million dollarga baholanadi.

U 50 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.