Ozodbek Nazarbekov davlat amaldori sifatida ilk xorijiy safarga bordi

Ozodbek Nazarbekov davlat amaldori sifatida ilk xorijiy safarga bordi
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov 16 avgust kuni Bishkekda o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan suratlardan birida Ozodbek Nazarbekovni O‘zbekiston delegasiyasi a’zosi sifatida ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 9 avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.