Berluskoni Putinga antiqa sovg‘a taqdim qildi

Berluskoni Putinga antiqa sovg‘a taqdim qildi
Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga antiqa o‘rin yopinchig‘i sovg‘a qildi, deb yozadi Kun nashri. Sorriere della Sera italyan nashrining ma’lum qilishicha, yopinchiqda ikki siyosatchining qo‘l siqishib turgan surati qo‘l bilan tikib chiqilgan.
Berluskoni Putinga antiqa sovg‘a taqdim qildi
Foto:360tv.ru

Ta’kidlanishicha, siyosatchilarning orqa fonida Vasiliy Blajenniy cherkovi va Kollizey suratlari tasvirlangan.

Noodatiy sovg‘a mahalliy kompaniyalardan biri tomondan bajarilgan.

Putin va Berluskoni qalin do‘st hisoblanadilar, ular o‘zaro ko‘plab tashriflar buyurganlar. Berluskoni Rossiyaning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagan sanoqli yevropalik siyosatchilardan biri hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.