O‘zbekistondan Qirg‘izistonga katta miqdorda valyuta olib o‘tilishi to‘xtatib qolindi


Botkent viloyatida Qirg‘iziston fuqarosi katta miqdordagi valyuta bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegaralarini qo‘riqlash xizmati ma’lumotiga asoslanib Kun.uz sayti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Qadamjo tumanining Isamayram qishlog‘ida, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga kirib kelgan shaxs 135 ming dollar miqdoridagi mablag‘ bilan qo‘lga olingan.
Tergov chog‘ida u bu pullarni O‘zbekistondagi jo‘natuvchidan boshqa bir Qirg‘iziston fuqarosiga olib borayotganini aytib bergan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













