Toshkentdagi kafening tomi qulab tushib, ovqatlanib o‘tirgan mijozlar jabrlandi (video)

Toshkentdagi kafening tomi qulab tushib, ovqatlanib o‘tirgan mijozlar jabrlandi (video)
2018 yilning 1 mart kuni Yunusobod tumanidagi “Tandir” kafesining tomi qulab tushdi. Bu vaqtda kafeda 20 ga yaqin mijozlar bor edi.

“UzNews.uz”ning Yunusobod tumani IIBdagi ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, 2018 yil 1 mart kuni soat 21:00da Yunusobod tumani IIB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 1991 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan fuqaro Nazarov Komiljon va 1997 yilda tug‘ilgan Muratov Shahzodbek tan jarohati olib Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 7-sonli SHKShga yotqizilganlar.

Olib borilgan surishtiruv natijasida fuqarolar 2018 yilning 1 mart kuni soat taxminan 19:30da dam olib ovqatlanish maqsadida Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 146-b uyda joylashgan “Xosiyat-Xon-Aya” MCHJga qarashli “Tandir” milliy taomlar kafesi kirish yo‘lagining chap tomon burchak qismidagi 29-raqamli stolga o‘tirganliklari va shu kuni kafening tom qismi ularning ustiga qulab tushgani natijasida jarohat olishgani aniqlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.