Toshkentda metro bekatida bir ayol o‘zini poyezd ostiga tashladi

Toshkentda metro bekatida bir ayol o‘zini poyezd ostiga tashladi
Bugun, 19 mart kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahridagi metropolitenning «Beruniy» bekatida noxush voqea kuzatildi.

«Xabar.uz» nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 30-35 yoshlardagi ayol bekatga kirib kelayotgan poyezd ostiga o‘zini tashlagan. Zudlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida ayol salomat holatda qutqarib qolingan.

Ayolga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shifokor va psixolog yetib kelgach, u ayolning stress holatda ekani aniqlangan.

Hozir surishtiruv ishlari davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.