Bugun O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan test sinovlari onlayn translyatsiya qilinmoqda (foto)

Bugun O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan test sinovlari onlayn translyatsiya qilinmoqda (foto)
O‘zbekistonda 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lib o‘tayotgan oliygohlarga kirish test sinovlarini birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali kuzatish mumkin, deb yozadi «Gazeta.uz».
Bugun O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan test sinovlari onlayn translyatsiya qilinmoqda (foto)
Davlat test markazi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi test sinovlari o‘tkaziladigan auditoriyalarda joylashgan kameralar orqali amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirni tashkil qildi.

Ushbu jarayonni tomosha qilish uchun televizorda Viasat Explorer telekanalini sozlash zarur.

Telekanalni sozlash uchun yo‘riqnoma:

Sozlash menyusidan «Qo‘lda qidirish» bo‘limini tanlang.
Bugun O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan test sinovlari onlayn translyatsiya qilinmoqda (foto)
So‘ngra, o‘z yashash hududingizga mos TVK raqamini kiriting va qidiruvni bosing, (chastota avtomat ravishda o‘zgaradi).
Bugun O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan test sinovlari onlayn translyatsiya qilinmoqda (foto)
Test sinovlarini internet orqali ham kuzatish mumkin. Buning uchun www.test2018.uz sayti ochilgan. Unda O‘zbekiston viloyatlari aks etgan xarita bor. Har bir viloyatda imtihonlarni o‘tkazish joylari ko‘rsatilgan. Har bir xonada bittadan kamera bor.

Toshkentdagi test sinovlari «Yoshlik» sport majmuasida (1 ta xona va 1 ta kamera), «Alpomish» ko‘rgazma markazida (1), «O‘zbekiston» sport majmuasida (1), Toshkent moliya instituti sport majmuasida (1), Respublika olimpiya zaxiralari kollejida (2 ta xona), shuningdek, «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazma majmuasida (5 ta xona) bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’kidlanishicha, shu yil ancha yillardan buyon birinchi marta uyali aloqa operatorlari test sinovlarini o‘tkazish vaqtida internet va SMS xizmatlarini o‘chirib qo‘ymayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.