Toshkent aeroportida yashirincha olib kirilayotgan o‘q-dorilar aniqlandi

Toshkent aeroportida yashirincha olib kirilayotgan o‘q-dorilar aniqlandi
Turkiya va Rossiyadan kelgan yo‘lovchilariga tegishli bo‘lgan yuklar orasida o‘q-dorilar borligi aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro A.F.ning bojxona nazoratidan yashil yo‘lak orqali o‘tayotib, bezovtalanishi bojxonachilarda shubha uyg‘otdi.

Shundan so‘ng unga tegishli bagaj nazorat-rentgen apparati ko‘magida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan 35 dona travmatik qurol o‘qlari yashirilganligi fosh bo‘ldi.
Toshkent aeroportida yashirincha olib kirilayotgan o‘q-dorilar aniqlandi
Shuningdek, “Moskva-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan K.D. ismli shaxs ham o‘zi bilan 1 dona 12 mm. kalibrli patronni noqonuniy ravishda olib kirayotgan paytida to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu o‘q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan va mazkur holatlar yuzasida bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.